7 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2298 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Payshanba kuni jami 65 ta yangi holat qayd etildi.

Ayni paytda koronavirusdan davolangan bemorlar soni 1656 kishini tashkil qilmoqda. O‘n bemor vafot etdi.