Bugun 79 nafar bemor tuzalib, mamlakatda jami sog‘ayganlar soni 1656 nafarga yetdi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Shu soatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 nafar, Toshkent shahridaga Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida esa 18 nafar, jami 32 nafar koronavirus infeksiyasidan tuzalgan bemorlar reabilitatsiyaga kuzatildi.

Endilikda Qoraqalpog‘istonda to‘liq sog‘ayganlar 101 nafar, Toshkent shahrida esa 518 nafarga yetdi.
Shunday qilib, bugunning o‘zida 79 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1656 nafarni tashkil etmoqda.

Bundan avvalroq Toshkent shahrida 32 nafar va Samarqanda viloyatida 15 nafar koronavirus bemorlari tuzalgani xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda mamlakatda koronavirus aniqlanganlar soni 2269 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 603 nafar bemor davolanmoqda.