Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor 5 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga shaxsiy himoya vositalarini topshirdi. Bu haqda ombudsman matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Beg‘araz yuk tarkibidan tibbiy niqob, qo‘lqop, maxsus himoya kiyimlari va antiseptik vositalar o‘rin olgan.

Shaxsiy himoya vositalari jazoni ijro etish muassasalarida Milliy preventiv mexanizm doirasida jamoat tashkilotlarini jalb qilgan holda monitoring o‘tkazishda foydalaniladi.

Mazkur beg‘araz yordam YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va ombudsman o‘rtasida imzolangan “Milliy preventiv mexanizmnijoriy etishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Ma’lumki, tergov hibsxonalaridagi va jazoni o‘tash muassasalaridagi shaxslarning huquqlarini himoya qilish Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Milliy preventiv mexanizm doirasida amalga oshiriladi.