Jizzax viloyati G‘allaorol tumanining Jiydali QFYda sel oqimi tufayli 10 yasharli qiz halok bo‘ldi, deya xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, qiz dala maydonidan mollarini uyiga haydab kelish uchun soydan o‘tayotgan bo‘lgan va soydan oqib kelgan sel uni oqizib ketgan. Uning jasadi soydan 500 metr uzoqlikda topilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyatning Zomin tumanida ham oziq-ovqat do‘koniga chiqqan 14 va 8 yoshli opa-ukani soydan o‘tayotganda sel oqizib ketgan edi. Ularning har ikkisi ham olamdan o‘tdi.