Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomidan qoraqalpog‘istonlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga esdalik medallari topshiriladi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ikkinchi jahon urishida erishilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomidan Qoraqalpog‘istonlik 596 nafar urush ishtirokchilariga, front ortida mehnat qilgan fuqarolarga “75 let pobedы v Velikoy Otechestvennoy Voyne 1941−1945 gg.” esdalik medali topshiriladi.

Bunda, Rossiya prezidenti nomidan topshiriladigan esdalik medalini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs 2020 yil 1 yanvardan so‘ng vafot etgan bo‘lsa, medal ularning oila a’zolariga topshiriladi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qahramonlari xotirasiga bag‘ishlangan Xotira.archive.uz sayti ishga tushirilgani haqida xabar berilgandi.