BAAning Sharja amirligidagi Al-Nahd mintaqasida 48 qavatli osmono‘par binoda katta yong‘in kelib chiqdi, deb xabar berdi RIA Novosti «Emirat Al-Yaum» elektron nashriga tayanib.

Fuqaro mudofaasi bosh boshqarmasining xabar berishicha, bino va yaqin atrofdagi uylarda yashovchilar yong‘in oldidan evakuatsiya qilingan.

Gulf News nashri xabariga ko‘ra, yong‘in 48 qavatli Abbco turar-joy binosining o‘ninchi qavatida yuzaga kelgan.

Yong‘inni o‘chirishda bir nechta o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda. Qutqaruvchilar ayrim qavatlarni tekshirishda dronlardan foydalanmoqda.

Jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.