5 may kuni Moskva viloyatining Ramenskiy tumanidagi shaxsiy turar-joyda yong‘in oqibatida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, hozirda Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Ushbu holat O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasining konsullik bo‘limi nazoratiga olingan.

TASS Tergov qo‘mitasi Moskva viloyati bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasiga tayanib mazkur uyda qo‘shni davlatlardan birining 26 nafar fuqarosi yashagan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Tongi 4:20 larda sodir bo‘lgan yong‘inga elektr simlaridagi nosozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.