6 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2233 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Bugun kun davomida 26 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi.

Shuningdek, bugunning o‘zida 76 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1577 nafarни tashkil etmoqda. Sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 646 nafar bemor davolanmoqda.

Hududlar bo‘yicha COVID-19 statistikasi

  • Qoraqalpog‘iston — 109 ta holat, 87 bemor sog‘aygan (80 foiz), 22 bemor qolgan;
  • Andijon viloyatida — 165 ta holat, 133 bemor sog‘aygan (+17 ta, 81 foiz), 32 nafar qolgan;
  • Buxoro viloyatida — 435 ta holat, 372 bemor sog‘aygan (+5 ta, 86 foiz), 63 bemor qolgan;
  • Jizzax viloyatida — 3 ta holat, 3 bemor sog‘aygan (100 foiz);
  • Qashqadaryo viloyatida — 6 ta holat, 6 bemor sog‘aygan (10 foiz);
  • Navoiy viloyatida — 2 ta holat, 2 bemor sog‘aygan (100 foiz);
  • Namangan viloyatida — 234 ta holat (+4), 137 bemor sog‘aygan (+31, 59 foiz, 4 ta o‘lim), 93 bemor qolgan;
  • Samarqand viloyatida — 150 ta holat (+10 ta), 37 bemor sog‘aygan (+3, 25 foiz), 113 bemor qolgan;
  • Sirdaryo viloyatida — 22 ta holat, 5 bemor sog‘aygan (23 foiz), 17 bemor qolgan;
  • Surxondaryo viloyatida — 41 (+4) ta holat, 29 bemor sog‘aygan (71 foiz), 12 bemor qolgan;
  • Farg‘ona viloyatida — 158 ta holat, 131 nafari sog‘aygan (83 foiz, 1 ta o‘lim), 26 bemor qolgan;
  • Xorazm viloyatida — 233 ta holat (+1 ta), 167 bemor sog‘aygan (+14 ta, 72 foiz), 66 bemor qolgan;
  • Toshkent viloyati va Toshkent shahri — 675 ta holat (+7 ta, 468 bemor sog‘aygan (+9, 69 foiz, 5 ta o‘lim), 202 bemor qolgan.