6 may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2231 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Kun davomida aniqlangan COVID-19 holatlari 24 taga yetdi. Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar esa hozirda 1556 kishini tashkil etmoqda. O‘n kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Ma’lumot uchun, kun davomida Toshkent shahrida 9 nafar, Buxoro viloyatida 5 nafar, Samarqand viloyatida 3 nafar, Andijon viloyatidan 7 nafar va Namangan viloyatidan 31 nafar , jami 55 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.