5 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilmadi va mamlakatda koronavirus aniqlanganlar soni 2189 nafar tashkil etmoqda, deya Sog‘liq saqlash vazirligi xabar berdi.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 774 kishi davolanmoqda, 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.

Shuningdek, hozirgi vaqtga kelib, Respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda 335 mingta test sinovlari o‘tkazildi. Kechagi kunning o‘zida 10,5 mingdan ko‘proq virusologik tekshirishlar o‘tkazildi.

Ayni paytda 52 mingdan ortiq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Ularning 13 mingdan ortiqrog‘i statsionar sharoitida, 39 mingdan ortiqrog‘i uy sharoitida karantin tadbirlari bilan qamrab olingan, dedi Nurmat Otabekov.

Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni hozirda 1405 kishini tashkil etmoqda. O‘n kishi hayotdan ko‘z yumgan.