5 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3 ta oshib, jami 2207 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Kun davomida jami 18 ta COVID-19 holati qayd etildi. Bu kun avval esa bu ko‘rsatkich 40 tani tashkil etgan edi.

Seshanba kuni shifoxonalardan 96 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sog‘ayganlar soni 1501 nafarga yetdi. 10 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Hududlar bo‘yicha COVID-19 statistikasi

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 109 ta holat, 87 bemor sog‘aygan (80 foiz);
  • Andijon viloyatida — 165 ta holat, 119 bemor sog‘aygan (72 foiz);
  • Buxoro viloyatida — 435 ta holat, 367 bemor sog‘aygan (84 foiz);
  • Jizzax viloyatida — 3 ta holat, 3 bemor sog‘aygan (100 foiz);
  • Qashqadaryo viloyatida — 6 ta holat, 6 bemor sog‘aygan (10 foiz);
  • Navoiy viloyatida — 2 ta holat, 2 bemor sog‘aygan (100 foiz);
  • Namangan viloyatida — 230 ta holat, 106 bemor sog‘aygan (46 foiz, 4 ta o‘lim);
  • Samarqand viloyatida — 140 ta holat, 34 bemor sog‘aygan (24 foiz);
  • Sirdaryo viloyatida — 22 ta holat, 5 bemor sog‘aygan (23 foiz);
  • Surxondaryo viloyatida — 37 ta holat, 29 bemor sog‘aygan (78 foiz);
  • Farg‘ona viloyatida — 158 ta holat, 131 nafari sog‘aygan (83 foiz, 1 ta o‘lim);
  • Xorazm viloyatida — 232 ta holat, 153 bemor sog‘aygan (66 foiz);
  • Toshkent viloyati va Toshkent shahri — 668 ta holat, 459 bemor sog‘aygan (69 foiz, 5 ta o‘lim).