O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni jami 1501 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

5 aprel 18:00 holatida ko‘ra yana 96 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan. Kasalxonalarda 693 nafar koronavirus bemori davolanishda davom etmoqda.

17:00 holatida esa COVID-19 holatlari soni kunlik 15 ta o‘sish bilan 2204 taga yetdi. O‘n kishi kasallik keltirib chiqargan asoratlardan vafot etdi.