4−6 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi. Shamolning tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, shamol shiddati 23−28 m/s gacha yetishi mumkin, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

4 mayda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomg‘ir, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida kechga borib yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Seshanba, 5 mayda respublikada ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechga borib yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

6 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

4−7 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.