Dushanba, 4 maydan IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning tumanlardagi bo‘limlari fuqarolarni qabul qilishni boshlaydi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Ish kunlari: dushanbadan shanbagacha (shanba kuni ham), dam olish kunlari — yakshanba va bayram kunlari. Ish vaqti: 9.00 dan 18.00 gacha. Tushlik uchun tanaffus: 13.00 dan 14.00 gacha.

Fuqarolar sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga qat’iy amal qilingan holda qabul qilinadi. Fuqarolar tibbiy niqobda bo‘lishlari va ijtimoiy masofani saqlashlari lozim.