Mudofaa vazirligi tarkibidagi okruglar, jumladan, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar sirdaryoliklarga ko‘mak berish maqsadida Sardoba tumaniga yetib keldi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

2 may kuni okrug qo‘mondonligi boshchiligida yetib kelgan 2000 dan ziyod harbiy xizmatchilar “Qo‘rg‘ontepa” va “Soflik” mahallasidagi keng ko‘lamli ishlarga jalb qilingan. Shuningdek, okrug tasarrufidagi 200 ga yaqin harbiy texnikalar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ham qo‘l kelmoqda. Buning natijasida aksariyat oilalar o‘z uylariga qayta boshladi.

Jizzax, Samarqand hamda Kattaqo‘rg‘on garnizonlaridan tashrif buyurgan harbiy xizmatchilar ertalab soat 6 dan 22 ga qadar uylarni qayta ta’mirlash, suv chiqarish, yo‘llarni ochish va boshqa ishlarga ko‘ngilli ravishda yordam berishmoqda.

Bundan tashqari, okrug radiatsion kimyoviy biologik muhofaza bo‘linmalari, psixologlar hamda tibbiyot punkti xodimlari tomonidan aholi salomatligi tekshirilib, fuqarolar vaqtincha joylashgan joylar dizenfeksiya qilinmoqda.

Harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov fotoreportaji: