Navoiy viloyatida aniqlangan koronavirus bemorlarining barchasi to‘liq sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

4 may kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan so‘nggi koronavirus bemori butkul sog‘aydi. U viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatiladi.

Sog‘aygan bemor ayol 45 yoshda bo‘lib, u Toshkent shahridan. Koronavirusga chalingan bemor bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Bundan tashqari, Farg‘ona viloyatida 8 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib chiqqan. Sog‘ayganlar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalib chiqqanlarning 7 nafari Turkiyadan, 1 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Ularning 4 nafari erkak, 4 nafari ayollardir.

Hududlar kesimida Farg‘ona viloyati va Toshkent shahridan 2 nafardan, Andijon, Namangan, Samarqand va Buxoro viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 40 yosh.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 1328 nafarga yetdi.