4 may — dushanba kunidan boshlab Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish hamda ma’muriy amaliyot bo‘limlarida, shuningdek diagnostik stansiyalarida (texnika nazorati) fuqarolar qabuli davom etadi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Ish kunlari: dushanbadan shanbagacha, dam olish kunlari — yakshanba va bayram kunlari. Ish vaqti: soat 9.00 dan 18.00 ga qadar. Tushlik vaqti: 13.00 dan 14.00 gacha.

Qabul sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga qat’iy amal qilingan holda olib borilishi ta’kidlangan. Fuqarolardan tibbiy niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash so‘ralgan.

Oldinroq Toshkentda IIBB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning tumanlardagi bo‘limlari 4 mayda fuqarolari qabulini davom ettirishi haqida xabar berilgan edi.