4 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2160 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 830 kishi davolanmoqda, 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.

Shuningdek, hozirgi vaqtga kelib, Respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda 325 mingta test sinovlari o‘tkazildi, dedi Nurmat Otabekov.

Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni hozirda 1319 kishini tashkil etmoqda. O‘n kishi hayotdan ko‘z yumgan.