O‘zbekistonda 4 aprel kuni 86 bemor koronavirus infeksiyasidan to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Jumladan, shu vaqtga qadar Namangan viloyatida 17 nafar, Samarqand viloyatida 2 nafar, Toshkentda 23 nafar, Qoraqalpog‘istonda 17 nafar, Surxondaryoda 9 nafar, Xorazmda 8 nafar hamdaSirdaryoda 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar infeksiyadan xalos bo‘ldi.

Endilikda to‘liq sog‘ayganlar Namangan viloyatida 89 nafar, Samarqand viloyatida 24 nafar, Toshkentda 455 nafar, Qoraqalpog‘istonda 87 nafar, Surxondaryoda 29 nafar, Xorazmda 153 nafar, Sirdaryoda 5 nafarga yetdi.

Shunday qilib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1405 nafarни tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 2181 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 766 nafar bemor davolanmoqda.