1 may kuni O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv omboridan suv chiqishi natijasida qo‘shni Qozog‘istonning bir qancha aholi punktlarida ham suv toshishi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Kazinform” agentligi xabar tarqatdi.

“O‘zbek tomoni asosiy suv oqimlarini pasaytirish uchun sug‘orish kanallari tarmog‘ida shlyuzlarni ochdi. Natijada Turkiston viloyatining Maqtaaral tumani chegaradosh kollektorlarida suv ko‘tarilib, kanallardan suv chiqishi va aholi punktlarida suv toshishiga olib keldi”, — deyiladi xabarda.

Tuman hokimligi 2 may kuni 01:30 gaya qin texnogen xarakterdagi favqulodda holat e’lon qilish hamda Jenis, Jana Turmыs va Nurlы jol aholi punktlaridan aholi va chorva mollarini evakuatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 5400 nafardan ziyod fuqaro evakuatsiya qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi natijasida katta hudud suv ostida qoldi. 70 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilindi. Juma kuni taxminan 17:00 ga kelib suv chiqishi to‘xtadi. Hozirda qirg‘oqni mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Hodisa joyiga O‘zbekiston prezidenti ham yetib bordi.