Zomin tumani, Shirin qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi opa-uka T. G. (2006 yil tug‘ilgan) va T. F. (2011) soydan sel kelishi natijasida oqib ketdi. Bu haqda Jizzax viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Xabar qilinishicha, opa-uka oziq-ovqat do‘koniga chiqqan bo‘lgan. Ularni qishloq hududidan oqib o‘tuvchi soydan o‘tayotgan vaqtda sel kelib oqizib ketgan.

T. F.ning soy bo‘yida jasadi topilgan. T.G. esa hushsiz holda tuman tibbiyot birlmashmasiga keltirilgan. Biroq ko‘rsatilgan muolajaga qarmasdan hayotdan ko‘z yumdi.