Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) 30 aprel kuni O‘zbekistonga insonparvarlik yordami taqdim etdi, deya xabar berdi O‘zbekiston Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi.

Respublikaga yetib kelgan yuk shifokorlar uchun 5000 komplekt shaxsiy himoya vositalari: kombenzonlar, ko‘zoynaklar, niqob, qo‘lqop va baxillalarni o‘z ichiga oladi.

Yuk topshirish hujjatlarini imzolashda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Mehmet Sureyya Er O‘zbekiston hukumati koronavirus tarqalishini to‘xtatish borasida o‘z vaqtida va yuqori darajada choralar ko‘rganini ta’kidladi.