Avval xabar berilganidek, Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Bunda asosan, suv ekin maydonlariga zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.

FVV xabar berishicha, suv chiqishining oqibatlarini bartaraf etish ishlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamda FVVning maxsus texnikalari jalb qilingan.

Vaziyat yuzasidan Sardoba tumani «Qo‘rg‘ontepa» MFY suv omborining atrofidagi qator aholi yashash punktlari Mirzaobod tumaniga evakuatsiya qilindi. Xususan, Qo‘rg‘ontepa, Do‘stlik, Yurtdosh MFYlardan jami 11598 nafar aholi shular jumlasidandir. Bundan tashqari, suv bosish xavfi bo‘lgan «Quytosh» MFY «Ota yurt» MFY va «Birlik» MFYlardan axolini evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda.

Ayni vaqtda Oqoltin tumani «Abdualim» MFY aholisini Sardoba evakuatsiya qilish ishlari boshlangan.

Voqea joyiga respublika xukumati rahbari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya (MG) va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari yetib borib, evakuatsiya tadbirlarini tashkillashtirish, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib bormoqdalar.

Suv chiqishi natijasida fuqarolar o‘rtasida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan.

Video