«O‘zbekneftgaz» AJdagi ishonchli manbaning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, «UNG» milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida dizel va benzin narxalari arzonlashdi.

1 may kunidan boshlab dizel narxi 500 so‘mga arzonlashdi va 6500 so‘m qilib belgilandi. 3 may kunidan boshlab esa Ai-80 benzinining narxi 4000 so‘m (500 so‘mga arzonladi) qilib belgilandi.

Oldinroq kompaniya tomonidan yoqilg‘i bozoridagi narxlar bosqichma-bosqich arzonlashtirib borilishi haqida aytilgan edi.

Ma’lumot uchun, 1 maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan edi.