1 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2046 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 904 kishi davolanmoqda, 10 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.

Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni hozirda 1133 kishini tashkil etmoqda. To‘qqiz kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Ma’lumot uchun, AQSHdagi Jons Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘ylab 3,25 milliondan ziyod odamlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bunda 1,01 milliondan ortig‘i infeksiyadan sog‘aygan, 233 398 nafar bemor esa vafot etgan.