Jizzax viloyati Paxtakor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi IIV YHXBB matbuot xizmati.

Hodisa 29 aprel kuni 18:00 da M-39 “Termiz-Toshkent” avtoyo‘lining 967-km da sodir bo‘ldi.
Matiz haydovchisi B. E. (1995) rulda uxlab qolib, avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan va mashina ag‘darilib ketgan.

YTH natijasida Matiz haydovchisi Yu. E. va uning yo‘lovchisi E. E. (2007) hodisa joyida halok bo‘ldi.

Yana to‘rt yo‘lovchi — M. M. (35 yosh), U. E. (14 yosh), A. E. (12 yosh) va S. E. (6 yosh) turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Hodisa yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish inson o‘limiga olib kelsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.