Jahon banki O‘zbekistonning Mega-Mebiko QK MCHJ ishlab chiqarish kompaniyasiga nisbatan Sirdaryo viloyatida suv ta’minoti loyihasi doirasida firibgarlikka yo‘l qo‘ygani uchun sanksiyalar joriy etilganini e’lon qildi, deya xabar qilindi JB saytida.

Sanksiyalar Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarda Mega-Mebiko ishtirokini 30 oy muddatga cheklashni ko‘zda tutadi. Ko‘rilgan choralar — tinch kelishuvning bir qismi bo‘lib, kompaniya o‘z javobgarligini tan olgan.

JB ma’lumotlariga ko‘ra, Mega-Mebiko loyiha bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritish uchun noto‘g‘ri moliyaviy axborotlar bergan va manfaatlar to‘qnashuviga ega emasligi haqida yolg‘on ma’lumot taqdim etgan.

Tomonlar imzolagan tinchlik kelishuviga ko‘ra, sanksiyalardan ozod qilinishini uchun kompaniyaga JB tamoyillariga muvofiq halollikni ta’minlash dasturini ishlab chiqish majburiyati yuklangan.

Kompaniyaga Jahon Banki guruhi bilan to‘laqonlik hamkorlikni davom ettirish ham yuklatildi.

Tadbirkorlik sub’ektlari yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, Mega-Mebiko plastmassa plitalar, quvur va profillar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.