Tojikiston rasmiy hujjatlarda o‘zining fuqarolariga familiya va otasining ismida rus tilidagi qo‘shimchalardan foydalanishni cheklamoqchi. Tegishli o‘zgartishlar mamlakat parlamentining quyi palatasi (Madjlisi namoyandagon) tomonidan ma’qullangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risida” gi qonunda belgilab o‘tilgan.

Mazkur qonun loyihasini taqdim etgan Tojikiston Adliya vaziri Muzaffar Ashuriyenning ta’kidlashicha, o‘zgartirishlar yangi tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarda rus tiliga xos bo‘lgan “vich”, “ov”, “yev”, “yeva”, “ovna” qo‘shimchalar o‘rniga tojikcha muqobillaridan foydalaniladi, masalan “zod”, “zoda”, “on”, “yon”, “duxt”, “pur” va “far”. Ushbu cheklov respublikada yashaydigan milliy ozchilik vakillari va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani olib bo‘lganlarga ta’sir qilmaydi.

Parlament matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2007 yildan boshlab Tojikiston fuqarolari familiyalari va otasining ismida rus tiliga xos bo‘lgan “vich”, “ov”, “yev”, “yeva”, “ovna” qo‘shimchalarsiz ishlatishni boshlagan edi. Keyinchalik respublika rasmiylari bunday chora-tadbirlar mamlakat aholisi orasida milliy va vatanparvarlik tuyg‘ularining o‘sishiga yordam berishini ta’kidlagan edilar.

Ma’lumot uchun, 2007 yilda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning o‘zi shaxsan Rahmonov familiyasini qonunga muvofiq to‘g‘ri tahrir bilan almashtirgan. Tashqi ishlar vazirligi bu haqida boshqa barcha davlatlarni xabardor qilgan. Shu bilan birga, Rahmon barcha vatandoshlarni madaniy ildizlarga qaytishga va milliy nomlardan foydalanishga chaqirgan.

RBK xabariga ko‘ra, keyinchalik prezidentdan o‘rnak olib boshqa siyosatchilar, parlament va hukumat a’zolari familiyalarini o‘zgartirishgan. Shunday qilib, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Salimov Nusratullo Fayzulloyevich o‘z ismini Nusratullo Fayzullo deb o‘zgartirdi va Tojikiston qishloq xo‘jaligi vaziri Qosim Qosimov familiyasini Rohbar bilan almashtirdi. Tojikiston Til va adabiyoti instituti direktori Sohidod Roxkashev familiyasini Rahmatulzodaga o‘zgartirdi.

TajikTA nashri 2014 yil fevral oyida xabar berishicha, 2009 yildan beri Tojikistonda ruslashtirilgan ismlarning ommalashishi bo‘yicha yangi o‘sish kuzatilgan. Mamlakat aholisi Rossiyaga ommaviy migratsiya paytida hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirish maqsadida o‘z ismlarini o‘zgartirishni boshlagan.