Fuqarolarga shaxsiy avtomobillaridan ertalab 7:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 gacha foydalanishga ruxsat beriladi. Bu haqda Prezident tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytilgan, deya xabar berdi «O‘zbekiston 24 kanali».

Bunda ishga borish-kelish, shifoxona, dori-darmon xarid qilish asosiy maqsad bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari ota-onalarga farzandlari bilan o‘z uy atrofida sayr qilishlariga ruxsat beriladi. Bunda karantin qoidalariga rioya etish talab qilinadi.