29 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 33 taga oshib, 2002 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Kun davomida jami 78 ta yangi holat aniqlandi. Shu bilan birga, Covid-19 aniqlanan 61 yoshli bemor 14 kun sun’iy nafas olish uskunasida bo‘lib, o‘tkir respirator disstres sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi (jami vafot etganlar — 9 nafar).

Shuningdek, bugunning o‘zida 104 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1096 nafarga yetdi.