Ijtimoiy tarmoqlarda “Ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan avtoulovlarga stikerlar berish huquqini olgan DSQ bo‘linmalari xodimlari tadbirkorlarga soliqlarni yarim yil oldin to‘lash talab qilayotganligi to‘g‘risida” xabarlar tarqaldi. Davlat soliq qo‘mitasi bunday talablar borligini inkor qildi.

Qo‘mitaning qayd etishicha, o‘rta va kichik biznes toifasiga kiruvchi korxonalarning transport vositalariga ruxsat berish uchun mahalliy hokimiyat organlari javobgardir. Hisobot davri boshlanishi munosabati bilan soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish zarurati yuzaga keladi. Yirik soliq to‘lovchilar esa hokimliklardan ruxsat olish imkoniyati yo‘q.

Shu sababli DSQ Respublika maxsus komissiyasi topshirig‘iga ko‘ra, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi ro‘yxatiga kiradigan yirik soliq to‘lovchilarga ruxsat beruvchi stikerlar berishni boshladi. Bugungi kunda ularning soni 779 tani tashkil etmoqda.

Yirik soliq to‘lovchilarning avtomobillariga ruxsat beruvchi stikerlar my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali amalga oshiriladi. Buning uchun elektron ariza yuborish talab etiladi.

Avtotransport vositalarini boshqarish uchun ruxsatnomalar berishda soliq to‘lovchilar oldiga soliqlarni oldindan to‘lash kabi qo‘shimcha shartlar qo‘yilmaydi, deyiladi xabarda.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan ruxsat beruvchi stikerni olish uchun soliqlarni oldindan to‘lash talab qilinganligi haqida aniq faktlar yoki korxonalar to‘g‘risida (71) 244−98−27, (71) 244−98−34 raqamlari orqali DSQ matbuot xizmatiga murojaat qilish mumkin.