Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari tomonidan hozirga qadar “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasiga umumiy hisobda 2 milliard 143 mln so‘m o‘tkazildi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga.

Mudofaa vazirligi Markaziy apparati hamda uning tasarrufidagi harbiy okruglar tomonidan o‘tkazilgan mablag‘lar kesimi quyidagicha:

  • Mudofaa vazirligi Markaziy apparati — 103 million so‘m;
  • Sharqiy harbiy okrug — qariyb 196 million so‘m;
  • Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug — 317,5 million so‘m;
  • Toshkent harbiy okrugi — 346 million so‘m;
  • Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug — 114 million so‘m;
  • Markaziy harbiy okrug — 515 million so‘m.

Bundan tashqari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari, Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonliklari, boshqa harbiy qism va muassasalar tomonidan fondga o‘tkazilgan mablag‘lar 572 million so‘mdan oshmoqda.

Bundan tashqari, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilar tomonidan joylardagi kam ta’minlangan, oilasida nogiron insonlar bor yoki ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovga muhtoj yurtdoshlar holidan muntazam xabar olinib, ko‘mak ko‘rsatib kelinayotgani ta’kidlandi.