27 aprel kuni kechqurun Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan kuchli shamol va yomg‘ir natijasida gaz quvurlari va gaz ta’minoti tizimining boshqa ob’ektlarida 120 dan ortiq avariya holatlari aniqlangan. Bu haqda “Hududgazta'minot” AJning matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, “Shofirkon-1”, “Shofirkon-2”, “Peshku-1”, “Peshku-2”, “Romitan-2”, “Romitan-3”, “Romitan-4”, “Jondor-1”, “Izvestkovыy”, “G‘ijduvon”, “Shofirkon-2” kabi gaz taqsimlash stansiyalari (GRS) va “G‘ijduvon”, “Olot” va “Qorako‘l” kabi yo‘nalishlar favqulodda o‘chirilgan.

138 mingdan ortiq xonadon vaqtincha gaz ta’minotidan uzilgan.

Jumladan, Navoiy viloyatining Konimex, Navbahor, Qiziltepa, Karmana tumanlarida 21 557 ta, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 6100 ta, Buxoro viloyatining Buxoro, Kogon, Romitan, Peshku, G‘ijduvon, Shofirkan, Qorovulbozor, Vobkent, Jondor, Qorako‘l va Olot tumanlarida 110 490 ta, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Ishtixon, Narpay tumanlarida 141 ta xonadon vaqtincha gazsiz qolgan.

“Hududgazta'minot” AJning hududlardagi tarkibiy bo‘linmalarining tezkor tiklash guruhlari tabiiy ofat sababli zarar yetgan joylarda ta’mirlash ishlarini boshlab yuborishgan.

Aholidan gaz ta’minoti tizimida nosozliklar, gaz sizib chiqishi yoki boshqa favqulodda vaziyatlar aniqlanganda, darhol avariya-dispetcherlik xizmatining 104 yoki 1104, 71 200−08−04 raqamlariga xabar berish so‘ralgan.