Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi sifatida kirishi uchun ovoz berdi. Bu haqda «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov o‘z Telegram kanalida xabar berdi.

Deputatlar ovozlari quyidagicha taqsimlangan: 86 ta rozi, 32 ta qarshi va 14 ta betaraf.

Yana 18 ta deputatlar ovoz berishda qatnashmagan.

Oldinroq «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov partiya O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi bo‘lib kirishiga qarshiligini bildirgan edi. «Partiya fraksiyasi ittifoqqa azo mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarni davom ettirish kerak deb hisoblaydi», — dedi u.