AQSHdagi Jons Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘ylab 3,04 mlndan ziyod odamlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Eng ko‘p koronavirus bemorlari AQSHda qayd etilgan bo‘lib, aholining 988 ming nafari ushbu infeksiya bilan zararlangan. Yevropa qit’asida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat asta sekinlashmoqda, Ispaniyada 229 ming, Italiyada 199 ming, Fransiyada 165 ming, Germaniyada 158 ming va Buyuk Britaniyada 158 mingdan ortiq koronavirus bemorlari qayd etilgan.

Koronavirus bilan kasallanish holatlari Turkiya (112 mingta), Eron (91 mingta) va Rossiya (87 mingta) mamlakatlarida avjiga chiqmoqa.

Koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xitoyda infeksiyaga chalingan bemorlar soni 83 mingga teng bo‘lib, o‘sishda butunlay to‘xtadi.

Qo‘shni davlatlar Qozog‘istonda 2860 nafar, Qirg‘izistonda 708 nafar, Afg‘onistonda 1703 nafar koronavirus bemorlari aniqlangan.

Ma’lumot uchun, hozirgi paytga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 1924 kishiga yetgan. Ulardan 892 nafar kishi to‘liq sog‘ayishgan, 8 nafar bemor vafot etgan.