O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining qarori bilan Faxriddin Atoyevich Boboyev “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Tayinlovga qadar, F.A.Boboyev mazkur uyushma raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Unga 2019 yil yanvar oyi oxiridan uyushmaning raisi vazifasini bajarish yuklangan edi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zcharmsanoat” uyushmasining avvalgi raisi Sardor O‘ktamovich Umurzoqov 2019 yil 28 yanvar kuni O‘zbekiston prezidentining qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan edi.