AQSH prezidenti Donald Tramp, koronavirus pandemiyasidan keyin AQSH iqtisodiyotini tiklashga qaratilgan “Amerika buyuk iqtisodiy tiklanishi” loyihasiga jalb etiladigan shaxslar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda Oq uy rasmiy saytida xabar berildi.

Ro‘yxatdan 16 yirik sanoat, shu jumladan qishloq xo‘jaligi, qurilish, bank, moliya, energetika, sog‘liqni saqlash, turizm, chakana savdo, sport va texnologiya sohalariga mansub mutaxassislar hamda davlat arboblari joy olgan.

“Amerikaning eng yetakchi rahbarlaridan tashkil topgan mazkur guruhlar Oq uy ma’muriyati bilan birgalikda Amerikaning kelajakdagi misli ko‘rilmagan gullab-yashnash yo‘lini belgilashda ish olib boradilar”, deyiladi hisobotda.

Ushbu ro‘yxatga ko‘plab yirik tadbirkorlar kiritilgan:

  • Ilon Mask, Tesla bosh direktori;

  • Jeff Bezos, Amazon kompaniyasining bosh direktori;

  • Tim Kuk, Apple bosh direktori;

  • Mark Sukerberg, Facebook bosh direktori;

  • Devid Solomon, Goldman Sachs bosh direktori;
  • Stiven Shvarsman, Blackstone kompaniyasining bosh direktori;

  • Djeyms Kuinsi, Coca-Cola bosh direktori;

  • Kris Kempchinski, McDonald’s bosh direktori;

  • va boshqalar.

Eslatib o‘tamiz, AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasining mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini yumshatish va iqtisodiyotni rag‘batlantirish maqsadida misli ko‘rilmagan 2,2 trln dollarlik qonunni imzolagan edi.