Prezidentning qarori bilan Narmatov Behzot Rahmatullayevich O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Behzot Narmatov bunga qadar Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ungacha “Andijonneft” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.

Oldin ushbu lavozimda ishlab kelgan U. Israilov boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimdan ozod etilgan.