O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining 2020 yilgi fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori qabul qilindi.

Fitr sadaqasi quyidagi to‘rt narsaning qiymati barobarida chiqariladi. Ular: bug‘doydan yarim so’, arpadan bir so’, mayizdan yarim so’ va xurmodan bir so’dir. Bir so’ taqriban 4 kilogrammga teng.

Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning Toshkent bozorlaridagi narxlari o‘rganilganda 1 kg bug‘doy o‘rtacha to‘rt ming so‘m, 1 kg arpa o‘rtacha uch ming so‘m, 1 kg mayiz o‘rtacha o‘ttiz besh ming so‘m va 1 kg xurmo o‘rtacha o‘ttiz ming so‘m ekani ma’lum bo‘ldi.

Shunga ko‘ra, 2020 yil (1441 hijriy yil) uchun fitr sadaqasiнинг miqdori:

  • 2 kilogramm bug‘doy 8 000 (sakkiz ming) so‘m;
  • 4 kilogramm arpa 12 000 (o‘n ikki ming) so‘m;
  • 2 kilogramm mayiz 70 000 (yetmish ming) so‘m;
  • 4 kilogramm xurmo 120 000 (bir yuz yigirma ming) so‘m deb belgilandi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya.

Bu yilgi fidya miqdori esa bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, uning o‘rtacha qiymati 20 ming so‘m, deb belgilandi.

Fitr sadaqasi qiymatlari Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilangan bo‘lib, har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.

Islom shariatiga ko‘ra, fitr sadaqasi moli zakot nisobiga yetgan musulmon kishi tomonidan miskinlarga berilishi vojib bo‘lgan sadaqa bo‘lib, uni Ramazon oyi davomida berish maqsadga muvofiq sanaladi.