Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Nexia haydovchisi cho‘pon va uning podasini urib yubordi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qildi.
Hodisa 21 aprel kuni soat 02:00 da Boysun tumani “Temirdarvoza” mahallasi hududidan o‘tuvchi 39 avtomobil yo‘lining 1334-kilometrida sodir bo‘lgan. 23 yoshli haydovchi S. P. “Termiz-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan vaqtda ushbu yo‘nalish bo‘yicha qo‘ylarni haydab ketayotgan piyoda 28 yoshli A.Q., uning 21 bosh qo‘yi hamda 10 bosh qo‘zisini urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida A.Q. tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Holat yuzasidan Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.