Buxoro viloyatida yana 58 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi. Buxoro viloyatida bugunning o‘zida 95 nafar bemor sog‘aydi.

Infeksiyadan xalos bo‘lgan bemorlar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Bugun jami 111 nafar bemor tuzalib, ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 561 nafarga yetdi.