Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlanishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Saakashvili o‘zining feysbukdagi sahifasida ushbu taklif Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan kelib tushganini qayj etgan.

«Men prezident Zelenskiyni saylovlar vaqtida va keyin ham qo‘llab-quvvatlaganman, va Ukraina uchun katta umidlarni uning jamoasi bilan bog‘layman… Men Rada yig‘ilishida kechiktirib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar va Shmigal hukumatining ishida o‘z ishtirokim bo‘yicha dasturni Ukrainada va uning tashqarisida bo‘lgan davrimda paydo bo‘lgan takliflar bilan taqdim etaman», — deya ta’kidlagan Saakashvili.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, u Zelenskiy jamoasi, Ukraina parlamentidagi barcha vatanparvar kuchlar va boshqa siyosiy kuchlar bilan birgalikda ishlashga tayyor.

«Odamlar uchun foydali ish qilib, Ukrain prestijini yaxshilash va uning xalqaro hamjamiyat bilan integratsiyasini kuchaytirib, jamoaning ishonchli a’zosi bo‘lishga va Ukraina xalqiga xizmat qilishga umid qilaman», — degan u.

Oldinroq, «Ukrainskaya pravda» nashri Saakashvili islohotlar masalasi bo‘yicha Ukraina bosh-vaziri bo‘lishi mumkinligi haqida o‘z manbasiga tayanib xabar bergan edi. Rada uning nomzodini 24 aprel kuni ko‘rib chiqishi kutilmoqda.