“Ma'rifat” gazetasining maxsus muxbiri hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi a’zosi Sharif Madrahimovaнинг so‘zlariga ko‘ra, u oziq-ovqat yarmarkasini suratga olgani uchun Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Ichki ishlar bo‘limida ushlab turilgan. Yozib olish jarayonida hokim kotibi telefonini undan tortib olishga uringan, IIBga tashrifdan keyin esa qurilmasidagi yozuvlar o‘chirilgani ma’lum bo‘ldi.

Hodisadan avvalФото: Uchko‘prik tuman hokimligi matbuot xizmati.

15 aprel kuni Uchko‘prik tuman hokimligi matbuot xizmati mahsulotlar narxlari yuqori ekani haqidagi xabarlarga javob tariqasida “Dehqon bozori” hududida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etilgani hamda tuman markazidan olis hududlar va ko‘p qavatli uylar atrofida ko‘chma do‘konlar faoliyati yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi. Xabarda kartoshka 3500 so‘m, sabzi 1000 so‘m, tuxum 600 so‘m, o‘simlik yog‘i 38 ming so‘m, un 3 ming so‘m, makaron 5 ming so‘m, shakar 5800 so‘m, go‘sht 40 ming so‘mdan sotilayotgani keltirib o‘tilgan.

Mazkur xabar ostidagi izohlarda Sharifa Madrahimova ko‘rsatib o‘tilgan narxlardan ajablanib, ushbu xabar qilinishidan bir kun avval sabzini 2000 so‘m, shakarni 6500−7000 so‘mdan olganini aytadi. Yana bir foydalanuvchi esa tuxumni 900 so‘m, kartoshkani esa 5500 so‘mdan olganini ma’lum qildi. Boshqa bir fuqaro hokimiyat keltirib o‘tgan narxlarni tasdiqladi.

Bunga javoban Uchko‘prik tumani hokimi Akmal Maxmudaliyev yarmarka 8 martdan buyon o‘tkazib kelinayotganini aytdi. U jurnalistga mahsulotlarni boshqa joydan sotib olishni taklif qildi. U yetkazib berishda qisqa uzilishlar bo‘lishi mumkinligini tan oldi, ammo mahsulotlar pasaytirilgan narxlarda sotilishini ta’kidladi. Ma’muriyat rahbari ba’zi “nopok” tadbirkorlar vaziyatdan foydalanib qolishga urinayotganini ma’lum qildi.

Akmal Mahmudaliyev, shuningdek, xususiy tadbirkorlarga mahsulotlarni qanday narxlarda sotish kerakligini aytish qiyinligini ta’kidladi, chunki ular istalgan joyda tovar sotib olib, oshirilgan narxlarda sotishi mumkin. Ammo yarmarkalarda (shanba va seshanbdagia) narxlar barqaror bo‘lib qoladi, dedi u.

Tuman ma’muriyati rahbari har qanday vaqtda unga shikoyatlar bilan qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi.

Narxlarning tekshirilishi

Sharifa Madrahimova Human.uz nashriga bergan интервьюсида hokimning so‘zlarini tekshirib ko‘rish uchun yarmarkada videotasvirga olishga qaror qilgan.

Jurnalist yarmarkada tasvirga olayotgan vaqtda hokim kotibi Shohjahon Mo‘ydinov uning qo‘lini qayirib, telefonini tortib olishga harakat qiladi, biroq buning uddasidan chiqa olmaydi. U ichki ishlar organlari xodimini yordamga chaqiradi. IIB xodimi o‘zini tanishtirib, ayoldan shaxsiga aniqlik kiritish uchun IIBga olib borishadi. U yerda Sharifa Madrahimovadan jurnalistligini tasdiqlovchi hujjat kerakligini aytishadi.

“Ular „Marifat“ gazetasi guvohnomasini ko‘rib, siz gazetaga yozar ekansiz, gazetaning jurnalisti ekansin, nimaga „syomka“ qilyapsiz, deb so‘rashdi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 29-moddasiga ko‘ra har kim axborot olish, izlash va uni tarqatish huquqiga ega, dedim. Jurnalist bo‘lmagan taqdirimda ham men O‘zbekiston fuqarosi sifatida axborot olish huquqiga egaman, dedim. Maqsadingiz nima deb so‘rashdi, hokimning so‘zlariga javob berish, deya javob berdim. To‘xtang, unday bo‘lsa hokimdan so‘raymiz, deyishdi, lekin hokim videoselektorda ekan, javob bermadi. Shundan keyin ichki ishlar bo‘limida meni turli bahonalar bilan ikki soatga yaqin ushlab o‘tirishdi”, — dedi u.

IIBdaHuman.uz intervyusidan lavha.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u “jinoiy qidiruv bo‘limida” Akmaljon Madrahimovning xonasidaushlab turilgan. Undan tashqari xonada yana bir ayol jiyani bilan bor edi. Jurnalist uning so‘zlarini tasdiqlashlari mumkinligini aytdi.

“Shohjahon Mo‘dinov menga gazetada ishlab turib bekorga videoga olganimni aytdi. Keyin ular jurnalist guvohnomasining haqiqiyligini tekshirishlari kerakligini aytishdi, chunki unda amal qilish muddati ko‘rsatilmagan”, — dedi muxbir.

Sharifa Madrahimova ularni Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi, ayni vaqtda Farg‘ona viloyati hokimiyatining matbuot kotibi bo‘lib ishlayotgan Muhammadjon Obidov bilan bog‘lagan. IIB xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, u hujjat haqiqiy emasligini aytib, “jurnalistga qanday chora ko‘rsanglar ko‘raveringlar” degan.

Jurnalistning ta’kidlashicha, IIB xodimi Akmaljon Madrahimov telefonni undan olib qo‘ygan va uni ko‘chaga berishini, chunki IIB binosida telefon olib yurish mumkin emasligini aytgan.

“Bir daqiqadan keyin qaytishlarini aytishdi. Ammo ular Uchko‘prik tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosarining xonasiga kirishdi. U yerdan 15−20 daqiqadan so‘ng chiqishdi va telefonni qaytarib berishdi. Meni bu yerda ushlab turmasliklari yoki menga qarshi qonuniy choralar ko‘rishlari kerakligini aytdim. Ular hokimdan javob kutayotganlarini aytishdi. Men: „Bu yerda qonun hokimmi? Nega hokimdan javob kutyapsiz?“ — deb so‘radim. Men IIB boshlig‘i nomiga ariza yozish uchun oq qog‘oz berishlarini so‘radim. Yozishni boshlagan edim, to‘xtatishdi va ketishim mumkinligini aytishdi”, — dedi muxbir.

Human.uz intervyusidan lavha.

IIB binosidan chiqqanidan keyin jurnalist telefonidagi videoyozuv o‘chirilganini aniqlagan. Yarmarkaga qaytib borsa, yarmarkaning tarqatib yuborilganiga guvoh bo‘ladi. Dehqonlar olib kelgan mahsulotlarini sotish uchun yo‘l chetlari, burchaklarda savdo qilishga majbul bo‘lganini qaytganidan keyin tasvirga tushirgan videoyozuv orqali ko‘rsatib berdi.

“Xulosa chiqarish kerak”

Sharifa Madrahimova ariza yozib, kimnidir javobgarlikka tortish maqsadi yo‘qligini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u hozirgi pandemiya sharoitida hamma narsani to‘g‘ri tushunish kerak.

“Undan tashqari, qilingan ishlarning yugur-yuguri ko‘p bo‘ladi. Bitta arizaning orqasidan yillab yoki oylab yuguradigan darajada vaqti ko‘p odam emasman. Men bu masalani jamoatchilikka yetkazib qo‘ydim, prokuratura, ichki ishlar, hokimiyat vakillari balki o‘zlariga xulosa chiqarishar”, — dedi u.

“Mening maqsadim kimnidir jazoga tortish yoki kimnidir ishdan bo‘shatib yuborish emas. Adolat qaror topishi kerak. Hamma narsani o‘z oti bilan atashimiz kerak. Hamma narsa shaffof bo‘lishi kerak. Ishonchli, asosli, shaffof xabarlar berish kerak. Jurnalistlarga to‘siq qo‘yilmasligi kerak”, — deya ta’kidladi Sharifa Madrahimova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hokimlar o‘z harakatlari bilan prezidentga bo‘lgan ishonchga zarar yetkazishmoqda.

“Agar rost gapirishga to‘siq bo‘lsa, rost gapirmasin, lekin hech qachon yolg‘on gapirishmasin. Hokimiyat — prezident bilan xalq o‘rtasidagi ko‘prik. Odamlar xulosa chiqaradi: hokimiyat shunaqa qilyaptimi, demak yuqorida ham, demak prezident ham shunaqa qiladi. Aks holda bular o‘zicha bunaqa ish qilmasdi, degan xulosa chiqarishadi”, — dedi jurnalist.