22 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti qarori bilan Nosirov Jamol Shuxratovich madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Jamol Nosirov (1985 yilda tug‘ilgan) Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, psixolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan (2005).

U bir muddat “Kamolot” YOIH Buxoro viloyat Kengashi raisi lavozimida ham mehnat qilgan. Shundan so‘ng 27-Jilvon saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat etib saylangan edi.

Tayinlovga qadar Jamol Nosirov Buxoro viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.