«Uzbekistan Airways» so‘nggi vaqtlarda tashishga talab tez o‘sib borayotgani va yo‘lovchilar qatnovi butunlay to‘xtatilgani sababli bir nechta yo‘lovchi samolyotini yuk tashuvchiga aylantiradi. Bu haqda avikompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Boeing-767−300-ER samolyoti Boeing-767−300-PTC yuk versiyasiga aylanadi.

«Qayta jihozlash jarayoni yo‘lovchi ekonom-klass salonidagi o‘rindiqlarini olib tashlash va yuklarni tashish uchun bo‘sh joydan foydalanishni anglatadi», — deya tushuntirdi aviakompaniyada.

Bu qo‘shimcha 20 tonnagacha yukni yuqori yo‘lovchi saloni ichiga yuklash, tijorat yuklarining mavjud hajmini 180 kubometrga oshirish imkonini beradi. Konversiya, shuningdek, mavjud ko‘rsatmalar va texnologiyalarni o‘zgartirishni ham o‘z ichiga oladi.


Yuk tashuvchi samolyotiga aylantirilgan mazkur havo kemalaridan birining birinchi tijorat reysi 21 aprelga rejalashtirilgan.

Texnik jihatdan qayta jihozlash va ikkinchi samolyotni tijorat foydalanishga topshirish 26 aprelga rejalashtirilgan bo‘lib, keyinchalik 27 aprelda tijorat maqsadida foydalanishga topshiriladi.