2020 yil koronavirus tufayli AQSHda davlat qarzi va korporatsiyalar qarzi rekord darajagacha o‘sishi mumkin. Bu haqda The Washington Post nashri yozmoqda.

Federal byudjet defitsiti 4 trln dollargacha ko‘tarilishi mumkin, bunday holat 1945 yildan beri kuzatilmagan. ExxonMobil va Walgreens kabi yirik kompaniyalar kredit bo‘yicha liniyalarni sarflab bo‘lishgan, ammo hozir ham qarzlarga ehtiyoj sezmoqda.

Tadbirkorlar oldida katta masala turibdi: kredit olish yoki xodimlarni ishdan bo‘shatish. Amerikadagi banklar fuqarolardan talabalar uchun berilgan va kredit kartalari orqali olingan qarzlarni qaytarishni talab qilishmoqda.

«Hozir xavotirli vaqt. Zamonaviy tarixda bo‘lmagan qarzlar darajasi haqida gap ketmoqda. Ortga qaytib bo‘lmaydigan vaziyatga yaqinlashyapmiz», — deya fikr bildirgan Prinston universiteti professori Atif Mian.

Federal rezerv tizimi iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun asosiy stavkaning darajasini 0 foizgacha tushirdi va o‘z portfeliga qo‘shimcha 2 trln dollarni qo‘shdi — Buyuk depressiyaning so‘nggi to‘rt yilida ham shuncha mablag‘ kiritilgan.

AQSH moliya vaziri Stiven Mnuchin oldinroq hukumat pandemiya sababli zarar ko‘rayotgan bizneslarni qo‘llab-quvvatlashi kerakligini ta’kidlagan edi.

«Stavkalar hozir shu darajada pastki, qarz olish juda arzon. Kelajakda biz defitsitni yo‘qotamiz albatta, lekin hozir bu haqda qayg‘urishning vaqti emas», — degan vazir.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining hisobotiga ko‘ra, AQSH YAIMi 2020 yil oxiriga kelib 5,9 foizga qisqarashi kutilmoqda.