Respublika maxsus komissiyaning qaroriga ko‘ra, cheklovchi tadbirlar (karantin) hamda koronavirus infeksiyasi tarkalishiga karshi kiritilgan kuchaytirilgan tartib 10 mayga qadar uzaytirildi.

Oldinroq, karantin tadbirlari 20 aprelgacha davom etishi ma’lum qilingan edi.

«Respublika hududida koronavirusga qarshi kompleks chora-tadbirlar va eng asosiysi mas’uliyatni chuqur his qilgan aholi tomonidan o‘zini yakkalash hayot tarziga o‘tganligi va „ijtimoiy masofalanish“ tamoyiliga amal qilishi aniq samara bermoqda», — deyiladi xabarda.