Xorijdagi 73 nafar O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirus kasalligiga chalinish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Avazbek Hojimetov brifingda ma’lum qildi.
18 aprel kungi ma’lumotga ko‘ra, Rossiyada 42 nafar, AQSHda 11 nafar, Qozog‘iston va Gretsiyada 6 nafardan, Pokistonda esa 5 nafar o‘zbekistonliklarda koronavirus aniqlangan.
Avstriya, Armaniston, BAA, Isroil, Koreya Respublikasi, Tailand, Turkiya va Yaponiya mamlakatlarida 1 nafardan O‘zbekiston fuqarosi infeksiyani yuqtirib olgan.
Ushbu bemorlar va ularning yaqinlari mazkur mamlakatlardagi O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari bilan aloqada bo‘rib turishganligi, ularga zarur konsullik huquqiy yordamlari ko‘rsatilayotganligi aytilgan.