18 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1450 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni esa hozirda 156 kishini tashkil etmoqda. To‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Ma’lumot uchun, AQSHdagi Jons Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘ylab 2,24 milliondan ziyod odamlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ulardan 569,699 nafari sog‘aygan va 154,219 nafari vafot etgan.