17 aprel kuni soat 23:00 ga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan holatlar soni 1405 taga yetdi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Juma kuni 56 ta yangi tasdiqlangan holat haqida xabar berildi, bir kun oldin esa ular soni 47 ta edi. Bugungacha 156 kishi tuzaldi, 4 kishi vafot etdi.